Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
19/03/2025
Chop etish
Tabiiy fanlar fakulteti talabalari bilan vakansiya  amaliyot bo‘yicha uchrashuv tashkil etildi.
Yurtboshimiz tomonidan mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ish bilan ta’minlanishi masalasiga ustuvor ahamiyat qaratilib, bu yo‘nalishda tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. 2025-yil 14-fevralda qabul qilingan PQ-61-sonli qaror va Oliy ta’lim muassasalarini mehnat bozori bilan uzviy bog‘lash bo‘yicha berilgan topshiriqlar bugungi kunda barcha mas’ul idoralar oldida dolzarb vazifa sifatida turibdi.

Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-martda tasdiqlangan PA-1-3416-sonli bayonnomasida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida universitet talabalari bilan vakansiya, amaliyot yarmarkalari va uchrashuvlar tashkil yetish grafigi tasdiqlangan, shu grafik bo‘yicha bugun birinchi uchrashuv tashkil etildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti viloyatdagi eng yirik oliy ta’lim muassasasi sifatida har yili bitiruvchilarning mehnat bozoriga kirib borishini monitoring qilib, ularning bandligini ta’minlash uchun tegishli davlat va xususiy tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar olib bormoqda.

Universitetni 2024/2025 o‘quv yilida jami 5404 nafar talaba bitirishi kutilmoqda. Shundan: kunduzgi bo‘lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 2561 nafar, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 93 nafar.Tabiiy fanlar fakulteti bo‘yicha bitiruvchilar soni 320 nafarni tashkil etmoqda.Shundan: Biologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 122 nafar,Kimyo ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 117 nafarni tashkil etadi.

Tadbirda Registrator ofisi menejerlari Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, professional ta’lim xodimlari, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (ARGOS) Jizzax viloyat bo‘limi xodimlari, Tabiiy fanlar fakulteti kafedra mudirlari va bitiruvchi talabalar ishtirok etishdi.


Ulashish:
371
Boshqa rubrikalarda mashhur

Kitobxonlik Tanlovining Ikkinchi Bosqichi: Zakovat Intellektual Bellashuvi O‘tkazildi.
Universitet rektori tashabbusi bilan tashkil etilgan kitobxon talaba tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqich — test sinovi bo‘lib, unda talabalar o‘qigan kitoblari bo‘yicha bilimlarini...
JDPU–Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamkorligi amalda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti va Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
JDPU professor-o‘qituvchilari uchun “Olimlarga ehtirom” shiori ostida jamoaviy hordiq tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektorati va kasaba uyushmasi tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar uchun jamoaviy dam olish tadbiri o‘tkazildi.