Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
15/03/2025
Chop etish
Talaba yoshlar o‘rtasida seminar-trening tashkil qilindi.

Rus tili va adabiyoti fakulteti faol talabalari ishtirokida Korrupsiyaga qarshi ta’lim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish global resursi (GRACE) dasturi doirasida ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar asosida talaba yoshlar o‘rtasida seminar-trening tashkil qilindi.

Seminar trening davomida talabalarga korrupsiya tushunchasi, turlari, javobgarlik masalalari, ichki tartib qoidalarni, fan sillabuslari, dasturlarini bilmasligi natijasida ham ayrim akademik korrupsiyaning kelib chiqishi, korrupsion holatlarning sodir etishiga olib kelishi, prezidentimizning 2025-yil 5-martdagi tanqidiy-tahlil ma’ruzasi tushuntirildi. Shuningdek, » Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bo‘yicha tushunchalar berildi.


Ulashish:
837
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yurish marafoni yakuniy umumuniversitet tadbiri bilan yakunlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘quv yili boshlanganidan buyon barcha fakultet va oliy maktablarda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirokida yurish marafonlari tashkil etib kelindi. Marafonlar davomida...
Xorijiy olim ishtirokida o‘zbek adabiyotiga bag‘ishlangan mashg‘ulot o‘tkazildi
Turkiyaning Artvin Choruh universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori Erhan Giray Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasiga tashrif...
Xalqaro maktab doirasida  mahorat darslari
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti tomonidan tashkil etilgan “Dynamical Days in Jizzakh 2026” xalqaro maktabi o‘z ishini davom ettirmoqda.