Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/03/2025
Chop etish
“O‘zmilliybank” AJ Jizzax shahar bo‘limi mutaxasislari yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
O‘zbekistonda yoshlar ishsizligiga barham berish ishlarini yangi bosqichga ko‘tarish rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 14-fevral kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ta’kidlab etgan edi.Unga ko‘ra, mahallalarda 378 mingta mikroloyiha amalga oshiriladi, mahalla bankirlari yangi kredit mahsulotlari hisobiga 250 ming nafar odamni daromadli qiladi.

Yoshlarga yuqori maoshli ishga joylashish uchun kasblar va chet tillari o‘rgatiladi. Yig‘ilishda prezident «Aloqabank» 200 mln dollar hisobiga yoshlarning biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlovchi «yoshlar banki»ga aylantirilishini aytib o‘tgan edi. Bank ayrim yosh tadbirkorlarga 7-yil muddatga 5 mlrd so‘mgacha imtiyozli kredit ajratadi. Milliy bangga esa oliygoh bitiruvchilari bandligini ta’minlash uchun 100 mln dollar resurs beriladi.



Bugungi bitiruvchi talabalar ishtirokida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda davlat rahbarining “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarorning mazmun-mohiyati, yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar,”O‘zмilliybank” AJ tomonidan “Kelajakka qadam” dasturi, o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirish istagi bo‘lgan bitiruvchi bosqich talabalari uchun “O‘zmilliybank” AJ tomonidan biznes g‘oyani tayyor loyihagacha olib borish jarayonida to‘liq hamrohlik qilish, shu jumladan qulay shartlarda moliyalashtirish haqida ma’lumot berishdi. Bank vakillari yoshlarning takliflarini tinglab, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga doim tayyor ekanligini bildirishdi.


Ulashish:
739
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod...
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.