Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/03/2025
Chop etish
Nurli izlarimni sizlarga berdim…
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, jurnalist, yozuvchi Mehrniso Karimovani jizzaxliklar juda yaxshi tanishadi. Jizzax viloyatining gullab-yashnashida xizmat qilgan faxriy ustoz 75 yoshda. Bir necha kun avval Mehriniso Karimova ajoyib bir tashabbus bilan bizga bog‘landilar.

“Universitetda ARM binosining qaytadan ta’mirlanganini eshitdim,-deydi Mehriniso Karimova. Uyimda bir necha yillardan beri to‘plab kelayotgan kitoblarimni shu kutubxonaga sovg‘a qilmoqchiman” Bu tashabbus bizni juda quvontirdi. Jamoamiz bilan opaning uyida bo‘ldik. Suhbat qurdik. G‘allaorolning go‘zal “Qashqabuloq” qishlog‘ida voyaga yetgan qahramonimiz maktab yillari, adabiyotga va kitobga bo‘lgan mehri sabab qo‘liga qalam olib bir-biridan qiziq hikoyalar muallifi bo‘lganini maroq bilan hikoya qildi.

Suhbatimiz yakunida opa “Nurli izlarimni sizlarga berdim, ularni yoshlarimiz o‘qishini istayman”-deya duo qildilar.

Jizzax davlat pedagogika universiteti axborot-resurs markazining yangi adabiyotlar bilan boyishiga, talaba yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan mehrini yanada oshirishga, ziyo ulashishga xizmat qilayotgan tashabbusi uchun yozuvchi va jurnalist faxriy ustoz Mehriniso Karimovaga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.


Ulashish:
627
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod...
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.