Bakalavriat, magistratura va ikkinchi mutaxaxassislik bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar kontrakt miqdorini stipendiyali yoki stipendiyasiz holda to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.
Jadvalda kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari stipendiya to‘lovlarini inobatga olgan holda tasdiqlangan shaklda keltirilgan.
Stipendiyasiz qiymat miqdorlari, har oylik talabaga to‘lanishi belgilanayotgan 400 000 so‘m, bir yilda jami 4 800 000 so‘mni chegirib tashlash hisobiga shakllantiriladi.
Misol uchun, Bakalavriatning Pedagogika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan talaba 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab, quyidagi tartibda to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin:
✅ Stipendiya bilan – 10 792 960 so‘m (Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan 17 barobarida).
✅ Stipendiyasiz – 5 992 960 so‘m (10 792 960 so‘m – 4 800 000 so‘m)
Izoh: 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga oylik to‘lanadigan stipendiya miqdori 400 000 so‘m etib belgilanadi.
Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 2019 yil 1 avgustdan boshlab 634 880 so‘m etib belgilangan. (Asos: O‘zbekistoni Respublikasi Prezidentning 2019 yil 12 iyuldagi PF-5765-son Farmoni)