Yangiliklar
Yangiliklar
|
04/03/2025
Chop etish
Portsmut universiteti professorlari JDPUda.
Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti professorlari Peter Watkins va Gulsah Kutuk 2025 yil 3-4 mart kunlari Britaniya Kengashining AELLCA (AcceleratingEnglish Language Learning in Central Asia) loyihasi doirasida Jizzax davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurishdi.

Ushbu tashrif JDPU va Portsmut universiteti o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirish va innovatsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida tashkil etildi. Professorlar o‘zlarining tajriba va bilimlarini JDPU o‘qituvchilari va talabalari bilan o‘rtoqlashdilar. Professor Peter Watkins zamonaviy ta’lim texnologiyalari bo‘yicha o‘z tavsiyalari va tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Professor Gulsah Kutuk esa ta’limda stressni boshqarish va darslarni samarali tashkillashtirish mavzusida ma’ruza qildi.

Ushbu hamkorlik umumiy maqsadga asoslangan – ta’limni rivojlantirish, innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash va talabalar hamda o‘qituvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratishdan iborat. Qo‘shma tadqiqotlar, malaka oshirish dasturlari va akademik almashinuvlar orqali O‘zbekistondagi sifatli ta’lim poydevori mustahkamlanmoqda.

Ushbu tashriflar va hamkorliklar JDPU va Portsmut universiteti o‘rtasidagi akademik aloqalarni mustahkamlashga, ta’lim sifatini oshirishga va xalqaro tajribalarni o‘rganishga xizmat qilmoqda.

Seminardan so‘ng mehmonlar universitet tuzilmasi qoshida tashkil etilgan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” hamda JDPU 50 yilligi tantanalari arafasida tashkil etilgan “Universitet tarixi”muzeylarida bo‘lishdi.


Ulashish:
650
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.