Yangiliklar
Yangiliklar
|
21/02/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida bugun ko‘klam qo‘shig‘i yangramoqda.
Bahor yaqinlashmoqda. Qishning qahraton kunlari esa ortda qolmoqda.

Universitet hududida milliy liboslarda yal-yal tovlanib yurgan xotin-qizlarimiz va talaba yoshlarimizni ko‘rib ko‘zingiz quvnaydi. Zavqlanasiz. Toza havo kirsin deb qiya ochib qo‘ygan derazadan sizib kirgan ajib hid dimog‘ga uriladi. Sumalak. Doshqozonda Navro‘z taomi pishirilmoqda.

 

 

Exx-xee, yosh-u qari shu yerda. Musiqa, hazil-huzul, o‘yin-kulgining ovozi sizni ham o‘sha davraga borishga undaydi. Pedagogika va psixologiya fakulteti jamoasi sumalak pishirishni boshlab yuborishibdi.

Har gal sumalak pishirganda, xalqimiz, eng avvalo, el-yurtga omonlik tilaydi, yaratgandan ekin-tikinga baraka so‘raydi. Ayniqsa, yoshi ulug‘larimiz “ko‘klamga yetdik, shukr” deya duo qiladi. Duolar ijobat bo‘lsin. Bahor hech qachon bizni tark etmasin.


Ulashish:
764
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod...
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.