Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/02/2025
Chop etish
Penchak silat sport turining Jizzax viloyatida ommaviylashishi xususida memorandum imzolandi.
Jismoniy madaniyat fakulteti tashabbusi bilan O‘zbekiston Penchak Silat federatsiyasi prezidenti A. Azizov, Osiyo Penchak Silat federatsiyasi vitse prezidenti M.Ro‘ziboyevlar hamrohligida bir guruh penchak silat sport turi bo‘yicha g‘olib va sovrindor talabalar tashrif buyurishdi.

Xabaringiz bor oxirgi yillarda mamlakatimiz sportchilari Indoneziya xalqining milliy sport turi bo‘lgan penchak silat yo‘nalishidagi bir qator musobaqalarda, xalqaro turnir va chempionatlarda munosib natijalarga erishdi. Jumladan, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘tgan qit’a chempionatida 2 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medaliga musharraf bo‘lishi o‘ziga xos natija bo‘ldi. Ushbu chempionatlarda Jizzax davlat pedagogika universitetining talabalari ham ishtirok etib faxrli o‘rinlarini qo‘lga kiritishdi. Bugungi kunda universitetning Jismoniy madaniyat fakulteti sportning aynan shu turi bo‘yicha to‘garak ham o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Kuni kecha universitetga O‘zbekiston Penchak Silat federatsiyasi prezidenti A.Azizov, Osiyo Penchak Silat federatsiyasi vitse prezidenti M.Ro‘ziboyevlar hamrohligida bir guruh penchak silat sport turi bo‘yicha g‘olib va sovrindor talabalar tashrif buyurishdi.

Tashrif avvalida mehmonlar universitet rektori Sh.Sharipov qabulida bo‘lishdi . Shundan so‘ng mehmonlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan suhbat davomida tomonlar penchak silat sport turining O‘zbekistonda jumladan Jizzax viloyatida ommaviylashishi xususida fikrlar bildirishdi.

Shuningdek, ushbu sport turi bo‘yicha universitet talablari tomonidan erishilgan yutuqlar var muvaffaqiyatlar e’tirof etilib, kelgusida Jizzax viloyatida aynan shu sport turi bo‘yicha Osiyo chempionatini o‘tkazish belgilab olindi.  Uchrashuv so‘ngida tomonlar o‘rtasida memorandum imzolandi.

 


Ulashish:
518
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda bitiruvchilarni kasbiy sertifikatlashga tayyorlash boshlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida bitiruvchi kurs talabalarini kasbiy rivojlanishga tayyorlash maqsadida sinov jarayonlari tashkil etildi.
“Fanlararo tadqiqotlar va Scopus: ilmiy natijalarni xalqaro darajaga olib chiqish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Professor Dilfuza Egamberdiyeva istirokida o]tgan seminarda fanlararo yondashuv, Scopus va Web of Science bazalarida nashr talablari, akademik halollik hamda “yirtqich” jurnallar xavfi muhokama qilindi.
“Kelajakka qadam”: bitiruvchilar bilan uchrashuv va seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashuv va seminar tashkil etildi.