Yangiliklar
Yangiliklar
|
19/02/2025
Chop etish
Ertalabki badantrabiya: Yangi kun, yangi energiya.
“Sog‘lom inson-sog‘lom millat g‘oyasini” umummilliy harakatga aylantiramiz.
                               Shavkat Mirziyoyev

Bugun, 1-2-talabalar turar joyida yashovchi talabalarimiz, pedagog-tarbiyachilar,  Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i bilan boshlagan ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari alohida taassurot qoldirdi.

 Har bir kunga yangicha ruh, kuch va quvvat bilan kirish bizning asosiy maqsadimiz. Ushbu mashg‘ulotlar talabalarga nafaqat jismoniy sog‘likni, balki ruhiy tetiklikni ham taqdim etdi. Ularning har bir harakati, har bir tabassumi – bizning ishimizga bo‘lgan haqiqiy baho.

Ertalabki faollik nafaqat tana sog‘lig‘ini mustahkamlaydi, balki ma’naviy kuchni ham oshiradi. Bugungi mashg‘ulotda talabalarning qatnashishi, ularning yangi kunni to‘la quvvat bilan boshlashga bo‘lgan intilishi – bu bizning ishlashimizga ilhom beradi.

Sog‘lom tana, sog‘lom ruh! Har bir kunni energiya bilan boshlashni davom ettiramiz!


Ulashish:
593
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod...
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.