Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/02/2025
Chop etish
«Erta nikoh, erta tug‘ruq va yaqin qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi nikohning sabab va oqibatlari» mavzusida davra-suhbat tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Erta nikoh, erta tug‘ruq va yaqin qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi nikohning sabab va oqibatlari» mavzusida davra-suhbat tashkil etildi.

Tadbir davomida talaba-qizlarga erta nikoh qurish, erta tug‘ruqning xususan, sog‘liq va ta’limga salbiy ta’siri, nikoh yoshini belgilash mezonlari, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari va uni oldini olish haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, nikoh tuzish tartibi, nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar, hamda nikohni qayd etishdan avval o‘tiladigan tibbiy ko‘rik va tibbiy ko‘rikdan o‘tishning ahamiyati haqida tushuncha va tavsiyalar berildi.Tadbir davomida erta va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari haqidagi videorolik va taqdimotlar ham namoyish etildi.

Uchrashuv o‘zaro fikr va mulohazalar, qiziqarli savol javoblarga boy tarzda o‘tdi.


Ulashish:
781
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod...
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.