Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
06/02/2025
Chop etish
Sirtqi bo‘lim talabalari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirni KQKKNTB bo‘limi boshlig‘i A.Umrzoqov ochib berdi. U korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi, pora olish, pora berish va pora olish berishda vositachilik qilish kabi tushunchalarni izohlab berdi.

Shuningdek, tadbirda Korrupsiyaga qarshi ta’lim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish global resursi (GRACE) dasturi doirasida ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar asosida faol o‘quvchi-yoshlar hamda talabalar o‘rtasida mavzuga oid darsdan tashqari mashg‘ulotlar, seminar-treninglar tashkil etilayotganligi xususida ham so‘z bordi.

Turli tadbirlarda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelishiga sababchi bo‘lmaslikka, bunday huquqbuzarlik sodir bo‘lganda mas’ul shaxslarni, bo‘limni ogohlantirish kerakligi haqida tushuncha va tavsiyalar berildi.


Ulashish:
1 107
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.