Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/02/2025
Chop etish
Yoshlarni tayyorlov kurslariga jalb etish maqsadida uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Ana shunday tadbirlarning biri G‘allaorol tumanida o‘tkazildi.

“Oliy ta’lim tashkilotlarida abituriyentlar, jumladan, kambag‘al va kam ta’minlangan oilalarning bitiruvchi sinfdagi farzandlari uchun tayyorlov kurslarini tashkiletish to‘g‘risida”gi 18-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida JDPUning Tarix, Tabiiy fanlar hamda O‘zbek tili va adabiyot fakultetlarining mas’ullari ishtirokida ushbu fakultetlarga biriktirilgan G‘allaorol tumanidagi ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan tanishuv-motivatsion uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida universitetdagi mavjud fakultet va yo‘nalishlar, talaba-yoshlarga yaratilgan sharoitlar hamda imkoniyatlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, tadbir so‘ngida ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan oila farzandlari bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun maxsus tayyorlov kurslarini ochish uchun imkoniyatlar yaratishga kelishib olindi.


Ulashish:
628
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod...
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.