Yangiliklar
Yangiliklar
|
25/01/2025
Chop etish
Toshkentga sayohat tashkil etildi.
«O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida mamlakatimizdagi tarixiy obidalar, ziyoratgohlar va dam olish maskanlari joylashgan hududlarga bir qator tashriflarni amalga oshirilmoqda.

Universitetning Maktabgacha ta’lim fakulteti professor-o‘qituvchilari, magistrlari hamda iqtidorli, ko‘plab yutuqlarga erishgan talaba-yoshlar Toshkentga sayohat uyushtirishdi. Bir so‘z bilan aytganda, Toshkent shahriga tashkil etilgan sayohat universitetda doimiy ravishda o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning davomi bo‘ldi.

Sayohat davomida yoshlar poytaxtimizning  bir qator tarixiy va ko‘ngilochar manzillarida bo‘lishdi va ayni kunlarda yurtdoshlarimizning e’tiroflariga sazovor bo‘layotgan Zangiota ziyoratgohi, Adiblar xiyoboni hamda Alisher Navoiy nomidagi Respublika kutubxonasida bo‘lishdi. Talaba yoshlar va professor-o‘qituvchilar sayohatdan boy taassurotlar bilan qaytdilar. Toshkent shahrining go‘zal maskanlari va hashamatli saroylari, barpo etilayotgan binolar, muhtasham ko‘priklar va yo‘llar barcha sayohatchilarda katta taassurot qoldirdi.Mazkur tashriflar nafaqat talablarda balki, professor-o‘qituvchilarda ham katta taassurotlar qoldirmoqda.

Tashriflar natijasida talabalar mamlakatimizda mavjud tarixiy obidalar va madaniy meros bilan tanishish bilan birga o‘z tengdoshlariga ham mamlakatimizning diqqatga molik joylariga tashrif buyurishlari foydadan holi bo‘lmasligini aytishmoqda.


Ulashish:
704
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod...
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.