Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Sarhisob: JDPUda 2024-yil qanday o‘tdi?

2024 yil Jizzax davlat pedagogika universiteti uchun sohaga oid yangiliklar, yutuqlar, va orzu-umidlarga boy kechdi. Quyida qisqa satrlarda 2024-yilda qilingan ishlar sarhisobi bilan tanishasiz.
👉2024 yilda Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘zining 50 yillik tantanalarini nishonladi.
👉“Universitet sari odimlar” sarlavhasi ostida kitoblar jamlanmasi tayyorlandi.
👉500 nafar kitobxon uchun mo‘ljallangan yangi kutubxona foydalanishga topshirildi. ARM binosi kitobxonlarga 7/24 rejimida xizmat ko‘rsatmoqda. 3-qavatda qurib foydalanishga topshirilgan avtomatlashtirilgan o‘quv zali 30 ming adabiyotlar va 40 mingdan ziyod kitoblarning elektron versiyalari bilan ta’minlangan.
👉«Universitet tarixi» muzeyi tashkil etildi. Muzeyda tarixiy qo‘lyozmalar, universitet qurilishi bilan bog‘liq hujjatlar va boshqa eksponatlar, bir so‘z bilan aytganda 50 yillik tarix mujassam
👉loyiha qiymati 3.07 milliard so‘mlik Zamonaviy va barcha sharoitlarga ega yopiq suzish havzasi professor-o‘qituvchilar va talaba yoshlar ixtiyoriga berildi.
👉 Yangi 600 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi ]
👉Universitetda 12 ta xalqaro va 6 ta respublika anjumani o‘tkazildi.
👉 Universitetda 38 ta PhD dissertatsiyalari himoya qilindi va 22 nafar PhD dissertatsiyalar texnik ekspertizadan o‘tkazildi.
👉Universitet 2024-yilda 8 ta xalqaro reytinglarda ishtirok etdi. Times Higher Education Dunyo universitetlari reytingida va Osiyo universitetlarida «Reporter» maqomi orqali reyting ishtirokchisiga aylandi. THE Impact Ranking reytingida 1500-o‘rinni qayd etdi. UI Green Metrics va Round University Ranking reytinglarida dunyo universitetlari orasida TOP-1000 talikda qayd etildi.
👉Universitet dunyodagi yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan 60 tasi bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.
👉2024-yilda JDPUning o‘quv jarayonlariga 40 nafar xorijiy professor-o‘qituvchilar jalb etildi. Shulardan 22 nafari xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatga kirgan oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari hisoblanadi.
👉2024-yilda universitet byudjetidan tashqari mablag‘lari hisobidan 25 nafar professor-o‘qituvchilarning tanlov asosida xorijda malaka oshirishi va stajirovka o‘tashi tashkil etildi.
👉2024 yilda universitetda Qirol Sejong koreys tili markazi ochildi. AQSH elchixonasi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida Fulbrayt dasturi mutaxassisi Sandra Israel faoliyat olib bormoqda.
👉2024/2025 o‘quv yilida 1 nafar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, 10 nafar talaba Navoiy, 1 nafar talaba Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi, 1 nafar Bobur nomli, 1 nafar Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari bo‘lishgan.
👉1 nafar talaba Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
👉10 nafar talaba Xalqaro fan olimpiadalari (1 ta oltin, 1 ta kumush, 8 ta bronza) g‘olibi bo‘lishdi. 1 nafar talaba Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan ilmiy maqolalar tanlovida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
👉6 nafar talaba “Universitet stipendiyasi” sohibi bo‘ldi. 2 nafar talaba “Ulug‘bek vorislari” loyihalar tanlovining Respublika bosqichi g‘olibi bo‘ldi. Shuningdek, 2 nafar talaba “Ulug‘bek jamg‘armasi” tomonidan tashkil etilgan tanlov g‘olibi bo‘ldi.
👉Universitetda iqtidorli talabalar uchun turli xildagi 98 ga yaqin ilmiy-ijodiy to‘garaklar tashkil qilingan.
👉JDPU talabasi Sarvinoz Hamidova pinchak-silat bo‘yicha Osiyo chempionatida oltin medal olgan birinchi ayol sportchi bo‘ldi.
👉Sportning Pinchak -silat turi bo‘yicha kattalar o‘rtasida Abu-Dabida bo‘lib otgan Jahon chempionatida JDPU talabalaridan 3 nafari bronza medalini qo‘lga kiritdi.
👉Besh tashabbus olimpiadasi Respublika bosqichida JDPU Voleybol (o‘gil bolalar jamoasi) 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi,
👉 JDPU Jismoniy madaniyat fakulteti 1-kurs talabasi Jasmin Tohirova boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatini kumush medal bilan yakunladi.