Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/12/2024
Chop etish
JDPUda “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan bayram tashkil etildi.
Yurtimizda bayramlar ko‘p. Ular orasida , siz-u bizlarni tinch, osuda hayot kechirishimizni ta’minlaydigan, xaq-huquqimizni tanitgan, mamlakatimiz fuqarolarini dunyoning qaysi burchagida bo‘lmasin, mushkul vaziyatda qolganida qo‘llaydigan, xorijda yashayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni saqlab qolish hamda rivojlantirish to‘g‘risida xalqaro huquq normalariga muvofiqg‘amxo‘rlik qiladigan asosiy qomusimiz, Konstitutsiya bo‘lib, 8-dekabr bayram sifatida keng nishonlaymiz.  Jizzax davlat pedagogika universitetida “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir universitet rektori Sh.Sharipovning tabrik so‘zlari bilan boshlandi.

«Yangi O‘zbekistonni barpo etishdek orzu-umidlar va intilishlarni o‘zida ifoda etadigan, Konstitutsiyamizning yangi normalarida asosiy e’tibor inson, jamiyat va davlatning barqaror rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan. Yangi tahrirdagi Asosiy Qonunning qabul qilinishi bilan bu borada yanada mustahkam konstitutsiyaviy-huquqiy asos yaratildi. Binobarin, Yangi O‘zbekiston o‘zining ushbu sohalardagi xalqaro majburiyatlariga qat’iy sodiqligini yana bir bor namoyon etdi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Inson qadri biz uchun qandaydir mavhum, balandparvoz tushuncha emas. Inson qadri deganda, biz, avvalo, har bir fuqaroning tinch va xavfsiz hayot kechirishini, uning fundamental huquq va erkinliklarini ta’minlashni nazarda tutamiz”-deydi universitet rektori Sh.Sharipov.

Тantanali tadbir bayram arafasida o‘tkazilgan turli tanlovlar, sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan talaba yoshlar va faol professor-o‘qituvchilarni taqdirlash bilan davom etdi.

«Cholg‘uchilik ansambli» Talabalar orkestri to‘garagi jamoasi, E. Lutfullayev nomidagi talabalar maqomchilar ansambli ijodkor talaba yoshlardan iborat estrada jamoalarining kuy-qo‘shiqlari bayramga taklif etilganlar ko‘ngliga zavq olib kirdi desak xato qilmagan bo‘lamiz.


Ulashish:
503
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universiteti va Jizzax shahridagi Prezident maktabi  o’rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti va Jizzax shahridagi Prezident maktabi hamda Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktablari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida uchrashuv o‘tkazildi.
Universitetda “Ideaton O‘zbekiston–2030” startap loyihalar tanlovi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari o‘rtasida “Ideaton O‘zbekiston–2030” startap loyihalar tanlovi tashkil etildi.
JDPU o’qituvchisi  xalqaro konferensiyada  Full Bursary grantini qo‘lga kiritdi.
Ingliz tili nazariyasi va metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi, Uzoqova Shahnoza Soibnazarovna Omon Sultonligidagi Sultan Qabus universitetida o‘tkazilayotgan “Sustainable Translation in the Age of Knowledge Extraction,...