Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
05/12/2024
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida navbatdagi yangi binoning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Universitetining-axborot-resurs markazi qaytadan ta’mirlanib foydalanishga topshirildi. Bugun markazning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

-Axborot resurs markazining yangitdan ta’mirlanib ochilishi talabalar va kitobxonlar uchun ayni muddao bo‘ldi, – deydi universitet rektori Sh.Sharipov —Nasib bo‘lsa, axborot resurs markazi ko‘plab kitobxonlarni, ilmiy tadqiqotchilarni jalb qiladi va albatta qilingan mehnatlar natijasini olamiz.

Ochilish marosimida viloyat hokimligi mas’ullari, viloyat huquq tartibot idoralari vakillari, tashkilotlar rahbarlari , talaba yoshlar va faxriy ustozlar ishtirok etishdi.

Yangi axborot resurs markazi universitet uchun bayramga tuhfa bo‘ldi.

-Bu yil universitetimiz uchun omadli bo‘ldi, oliygohimiz 50-yillik tantanalarini nishonladi, – deydi universitet ARM rahbari R. Ishnazarova – Axborot resurs markazimizning eski binosi 250 o‘ringa mo‘ljallangan edi. Bugungi markazimiz umumiy hisobda 500 nafar kitobxon o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bu yerda yangi elektron o‘quv zallari kitobxonlar xizmatiga tayyor 3-qavatda qurib foydalanishga topshirilgan avtomatlashtirilgan o‘quv zali talabalar va mustaqil foydalanuvchilar xizmat qiladi. Ushbu yangi avtomatlashtirilgan o‘quv zali 30 ming adabiyotlar va 40 mingdan ziyod kitoblarning elektron versiyalari bilan ta’minlangan.

ARMda «Universitet tarixi» muzeyi ochildi.

Yangi va barcha sharoitlarga ega markazda axborot-kommunikatsiya vositalarining so‘nggi yutuqlari mujassamlashtirilgan. Unda mutolaa zallari, muhokama va kompyuter xonalari, media-studiyalar, zakovat va kibersport xonasi, ma’lumot almashish imkonini beruvchi video tarmoq, tezkor wi-fi tarmog‘i mavjud. Mazkur markaz 180 ming kitob fondiga ega bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 500 nafarga yaqin kitobxonga xizmat ko‘rsata oladi.

Axborot markazida «Universitet tarixi» muzeyining ochilishi 50-yillik tantanalarini nishonlayotgan ta’lim muassasasi va barcha tashrif buyuruvchilar uchun tuhfa desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Muzeyda universitet 50-yillik tarix mujassam. Tarixiy qo‘lyozmalar, universitet qurilishi bilan bog‘liq hujjatlar va boshqa eksponatlar tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg‘otishi shubhasiz.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Axborot-resurs markazi rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha smeta hujjatlari  “GOLD PROJECT SERVICE” MChJ tomonidan  tayyorlangan. Loyihaning umumiy qiymati 7,28 mlrd ni tashkil qiladi.  Yangi ta’mirdan chiqqan ushbu Axborot resurs markazi  mamlakatimizda kutubxonachilikning so‘nggi yutuqlari asosida bunyod etilgan an’anaviy, virtual hamda elektron kutubxona xizmatlarini ko‘rsatish orqali talabalar va professor-o‘qituvchilarga xizmat ko‘rsatuvchi ma’rifat markaziga aylanadi. Mazkur ta’mirlash ishlarini bajarish uchun universitetning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 7285,0 mln so‘m miqdorida mablag‘lar ajratilgan


Ulashish:
678
Boshqa rubrikalarda mashhur

Kitobxonlik Tanlovining Ikkinchi Bosqichi: Zakovat Intellektual Bellashuvi O‘tkazildi.
Universitet rektori tashabbusi bilan tashkil etilgan kitobxon talaba tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqich — test sinovi bo‘lib, unda talabalar o‘qigan kitoblari bo‘yicha bilimlarini...
JDPU–Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamkorligi amalda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti va Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
JDPU professor-o‘qituvchilari uchun “Olimlarga ehtirom” shiori ostida jamoaviy hordiq tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektorati va kasaba uyushmasi tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar uchun jamoaviy dam olish tadbiri o‘tkazildi.