Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
30/11/2024
Chop etish
9-ichi Xalqaro Talabalar Simpoziumi: “Tadqiqotchilik va kreativ sa’y-harakatlarni qo‘llaymiz”
15-ta xorijiy va mahalliy universitetlar hamkorligida va Jizzax davlat pedagogika universiteti mezbonligida 9-ichi Xalqaro Talabalar Simpoziumini boshlandi. Yevropada boshlagan va turli davlat va shaharlarda tashkillashtirilgan simpozium 3 yillik Samarqand mezbonligidan so‘ng Jizzaxga yetib keldi.

Bu yilgi simpozium rekord o‘rnatdi, 350 ta mahalliy va xalqaro talabalar qatnashmoqda. Bulardan 120 tasi oflayn, qolgani onlayn. Tadbirning xalqaro holati bois barcha taqdimotlar ingliz tilida bo‘lib o‘tadi.Simpoziumda Ruminiya. Ozarbayjon, Turkiya, Qozog‘iston kabi bir necha xorijiy davlatlaridan vakillar ishtirok etishi kutilmoqda. Ayni damda mehmonlar kutib olinmoqda

JDPUda talabalar simpoziumi boshlandi.

“Tadqiqotchilik va kreativ sa’y-harakatlarni qo‘llaymiz» shiori ostida o‘tkazilayotgan xalqaro talabalar simpoziumini JDPU rektori Sh.Sharipov ochib berdi. Simpoziumni Dr. Azamat Akbarov boshqarib bormoqda. Ochilish marosimida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjondan OTM rektorlari, ta’lim fidoyilari chiqishlar qilishdi. Ular Xalqaro Talabalar simpozium ishiga omad tilashdi.

350 va mahalliy va xalqaro talabalar ishtirokida o‘tkazilayotgan xalqaro simpoziumdagi barcha taqdimotlar ingliz tilida bo‘lib  o‘tadi. Ta’kidlash joizki Talabalar simpoziumi talabalarga o‘z ishlarini xalqaro anjumanga yoki ma’lum bir fanga oid ilmiy anjumanlarga teng professional muhitda taqdim etish imkoniyatini beradi.

JDPUda talabalar simpoziumi taqdirlash marosimi bilan yakun topdi.

Talabalarning o‘ziga xos g‘oyalarini jamlash, ularning muayyan mavzularga oid fikr-mulohazalarini bilish, ular o‘rtasida ilmiy munozaralar olib borishga imkoniyat yaratish, og‘zaki taqdimot ko‘nikmalarini rivojlantirish va yaxshilash, talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga maqsadida tashkil etilgan simpoziumning ochilish marosimi faol ishtirokchilarni taqdirlash bilan yakun topdi.

15-ta xorijiy va mahalliy universitetlar hamkorligida va Jizzax davlat pedagogika universiteti mezbonligida 9-ichi Xalqaro Talabalar Simpoziumi tushdan so‘ng shu’balarga bo‘lingan holda  offlayn hamda onlayn ma’ruzalarning taqdimoti  bilan davom etadi.

 


Ulashish:
698
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda bitiruvchilarni kasbiy sertifikatlashga tayyorlash boshlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida bitiruvchi kurs talabalarini kasbiy rivojlanishga tayyorlash maqsadida sinov jarayonlari tashkil etildi.
“Fanlararo tadqiqotlar va Scopus: ilmiy natijalarni xalqaro darajaga olib chiqish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Professor Dilfuza Egamberdiyeva istirokida o]tgan seminarda fanlararo yondashuv, Scopus va Web of Science bazalarida nashr talablari, akademik halollik hamda “yirtqich” jurnallar xavfi muhokama qilindi.
“Kelajakka qadam”: bitiruvchilar bilan uchrashuv va seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashuv va seminar tashkil etildi.