Yangiliklar
Yangiliklar
|
22/11/2024
Chop etish
JDPUda «O‘qituvchilar kasbiy rivojlanish to‘garagi» ning navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Xorijiy tillar fakulteti qoshida faoliyat yuritayotgan ushbu to‘garak o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish hamda xorijiy tillarni o‘qitishdagi yangi metodlardan xabardor qilish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, uning navbatdagi mavzusi

«The 4 Cs in English Language Teaching» (4 ko‘nikma- Aloqa, Ijodkorlik, Tanqidiy fikrlash, Hamkorlikning ingliz tili o‘qitishdagi ahamiyati) haqida bo‘ldi. Mashg‘ulot davomida 4 ko‘nikma- Aloqa, Ijodkorlik, Tanqidiy fikrlash, Hamkorlik borasida dastlabki ma’lumotlar berildi, ulardan xorijiy tillarni o‘rganish va o‘qishda samarali foydalanish usullari yuzasidan maslahatlar berildi.

 

 

Bu mavzuning davomi sifatida «The Six Thinking Hats» texnikasi tushuntirilib, qatnashchilar tomonidan egallangan bilimlar qisqa hikoyalar tuzish orqali «The Six Thinking Hats» texnikasi yordamida namoyon etildi.

O‘qituvchilar ushbu mavzu doirasida tajriba va bilimlar almashishdi. To‘garakning ikkinchi mashg‘uloti ham qiziqarli bahs-munozaralar va yangi ko‘nikmalarga ega bo‘lish bilan o‘z yakuniga yetdi.


Ulashish:
733
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.