Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
22/11/2024
Chop etish
Yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida yig‘ilish o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Ta’lim sifatini nazorat qilish hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Kompleans nazorat” tizimini boshqarish bo‘limlar tomonidan 2023-2024 (qishki) qabul bo‘yicha magistratura mutaxassisliklari va maktabgacha ta’lim (kechki) yo‘nalishlarda o‘tkaziladigan Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalarining tayyorgarlik darajasi, komissiya raislari va a’zolarining vazifalari, bitiruvchilarga qo‘yilayotgan talablar, tartib-intizom to‘g‘risida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda YDA o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablari asosida jarayonni tashkil qilish, yig‘ish davomida ta’kidlandi. Yada raislari va komissiya a’zolari bitiruvchining bilim malaka va ko‘nikma darajasining DTS talablariga muvofiq kelishini kompleks baholash vazifalari ta’kidlandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish “Kompleans nazorat” tizimini boshqarish bo‘lim boshlig‘i A.Umurzoqov tomonidan yakuniy davlat attestatsiya sinovlarida bitiruvchilarni adolatli va xolis baholash, jarayonda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymasligini ta’kidlab o‘tdi.


Ulashish:
1 174
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.