Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/11/2024
Chop etish
Informatika va raqamli ta’lim texnologiyalari kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi, Xalq ta’limi a’lochisi ko‘krak nishoni sohibi, Rabbim Yusupov 65 yoshda.

Rabbim Mixliyevich Yusupov o‘z ish faoliyati davomida 130 ga yaqin ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlarni e’lon qilgan. Jumladan, 40 ga yaqin ilmiy-amaliy, ilmiy-texnik, ilmiy-uslubiy tezislari Respublika miqyosidagi konferensiyalar materiallari to‘plamida, 18 ta maqolasi OAK ro‘yxatidagi Respublika ilmiy-uslubiy jurnallarida, 11 ta maqolasi Xorij, MDH va Respublikamizdagi Xalqaro konferensiyalar materiallari to‘plamida, 16 ta maqolasi Xorij va MDH ning ilmiy jurnallarida, 14 ta maqolasi OAK ro‘yxatidagi Xorij va MDH ning ilmiy jurnallarida chop etilgan. Hammualliflik asosida 3 ta o‘quv, 15 o‘quv-uslubiy va uslubiy qo‘llanmalar va 2 ta monografiya chop etgan. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 12 ta patent guvohnomasini olgan.

Rabbim Mixliyevich Yusupov 2005-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi tomonidan e’lon qilingan tanlovda ishtirok etib “ Yilning eng yaxshi murabbiysi” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topilgan hamda 1-darajali diplom (1-o‘rin) va hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlangan.

2015 yilgi Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar VIII Respublika yarmarkasida qatnashgan va “Eng yaxshi g‘oya muallifi” diplomini qo‘lga kiritgan. Universitet rahbariyati hamda kasaba uyushmalari qo‘mitasi Rabbim Yusupovni yubiley yoshi bilan qutlab esdalik sovg‘alarini topshirdi.Tantanali yig‘ilishda universitet jamoasi Rabbim Yusupovga tabrik so‘zlarini bayon qilishdi.


Ulashish:
920
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.