Yangiliklar
Yangiliklar
|
19/11/2024
Chop etish
JDPUda «Prokuror va yoshlar» uchrashuvi tashkil etildi.
Jizzax davlat universitetida “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida o‘tkazilgan “Prokuror va yoshlar” uchrashuvi mehmonlaring universitetda yaratilgan sharoitlar bilan tanishishidan boshlandi. Universitet rektori boshchiligidagi vakillar mehmonlarga oliygohning 50-yillik tarixi bilan bog‘liq ma’lumotlarni taqdim etishdi. Shundan so‘ng viloyat prokurori yoshlarni sifatli ta’lim olishi uchun yaratilgan sharoitlar jumladan, o‘quv auditoriyalari, registrator ofis, sport maydonlari, va yangi ta’mirdan chiqqan ARMda bo‘lishdi. Mehmonlarning oliygoh bilan tanishuv marosimi universitet hududida tashkil ekilgan «Professorlar bog‘i» ga ko‘chat ekish tadbiri bilan yakun topdi. «Professorlar bog‘i»ga Jizzax viloyat prokurori Baxtiyor Ibrohimov o‘z daraxtini ekdi.

“Prokuror va yoshlar» uchrashuvining asosiy qismi universitet madaniyat saroyida davom etdi. Jizzax viloyatidagi barcha OTMlari talabalari ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirni Yoshlar ishlari agentligi  Jizzax viloyati Jizzax  shahar boshlig‘i Farzona Adilova ochib berdi.

Talabalarga tavsiyalar ochiq muloqot va savol-javoblar asosida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Jizzax viloyat prokurori Baxtiyor Ibrohimov mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati doirasida Qonun, Farmon, qaror va barcha me’yoriy hujjatlar va keng ko‘lamli amaliy islohotlari mazmun-mohiyatini aytib o‘tdi. Bugungi kunda yoshlarning erishayotgan natijalari e’tirof etildi. Yoshlar o‘rtasida yuzaga kelayotgan ayrim ko‘ngilsiz holatlar ya’ni huquqbuzarlik, jinoyatchilik kabi illatlar va uning oqibatlari hayotiy misollar orqali qoralandi.

Shundan so‘ng, talaba-yoshlarning prokuror va prokuratura tizimi bilan hamkorlik borasida, sifatli ta’lim olish, turli tanlovlar, muloqotlar, master-klasslar, o‘quv amaliyotlar  tashkil etish kabi qator masalalar ilgari surildi. Yoshlarni o‘z ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida “Jamoatchilik asosida prokuror yordamchilari” loyihasi yoshlar tomonidan ilgari surildi. 30 nafar iqtidorli va faol talabalar prokuror yordamchilari sifatida tanishtirilib, guvohnomalar topshirildi.

 

«Prokuror va yoshlar» uchrashuvi tadbirida viloyatda va respublikada sportning bir nechta turlari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni qo‘lga kiritgan talaba yoshlarni taqdirlash marosimi yakun yasadi.


Ulashish:
820
Boshqa rubrikalarda mashhur

Payshanba — Yoshlar kuni: rektor mahalladagi band bo‘lmagan yoshlar bilan uchrashdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori, professor Maksudjan Yuldashev Jizzax shahrining Zargarlik mahallasidan biriktirilgan band bo‘lmagan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
JDPUda kibergigiyena va axborot xavfsizligi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida kibersavodxonlikni oshirish, axborot xavfsizligini ta’minlash hamda oliygohni «Kiberjinoyatlardan xoli hudud»ga aylantirish maqsadida dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar ishtirokida amaliy yig‘ilish...
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: ta’lim infratuzilmasi bosqichma-bosqich ko‘zdan kechirilmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi 2026/2027-o‘quv yilini munosib kutib olish, talabalar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida universitet fakultetlari, bo‘limlari va tegishli obyektlarida tayyorgarlik holati kompleks...