Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/11/2024
Chop etish
“O‘zbek va qozoq xalqlari etnomadaniy aloqalari tarixi” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi FA Tarix instituti “Etnologiya va antropologiya” markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “O‘zbek va qozoq xalqlari etnomadaniy aloqalari tarixi” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminarga Qozog‘iston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarix instituti ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori Axmet Ualxonuli To‘qtabay, O‘zbekiston Respublikasi FA Tarix instituti “Etnologiya va antropologiya” markazi rahbari tarix fanlari doktori, professor Adxamjon Ashirov, Qozog‘iston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarix instituti tadqiqotchisi Dosimbetov Nurlibek Azamatulilar taklif etildi. Dastlab mehmonlarni universitet rahbariyati bilan uchrashuvi tashkil etildi. Mehmonlar Xalqaro aloqalarni mustahkamlash, ikki xalqning qadriyatlari va milliy urf-odatlarining o‘xshasha jihatlari haqida so‘z yuritish bilan bir qatorda taklif uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Suhbat so‘ngida JDPU 50-yilligi munosabati bilan chop etilgan «Universitet sari odimlar» kitoblar to‘plami mehmonlarga sovg‘a qilindi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti,  O‘zbekiston Respublikasi FA Tarix instituti “Etnologiya va antropologiya” markazi hamda Qozog‘iston Respublikasi FA Tarix instituti tarixchi olimlari, ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar o‘rtasida ilmiy hamkorlik aloqalarni yo‘lga qo‘yish. Shuningdek, Jizzax vohasida istiqomat qilib kelayotgan qozoqlarning urf-odat va marosimlarining etnomadaniy jihatlarini tadqiq etish, ularning voha hududidagi muqaddas qadamjo va ziyoratgohlari, moddiy va ma’naviy madaniyatini o‘rganish borasida ilmiy grantlar tayyorlash, hammualliflikda maqolalar va ilmiy risolalar nashr etish masalalariga bag‘ishlangan seminar Tarix fakultetida bo‘lib o‘tdi.

 Seminarda Jizzax davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrlar hamda talabalar ishtirok etishdi. Seminar so‘ngida Mehmonlar yangi ochilgan arxeologik muzeyini tomosha qilishdi.

 


Ulashish:
650
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU jamoasi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari va xodimlari Toshkent shahrida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif amalga oshirdi.
Giyohvandlikka qarshi kurash — umumxalq vazifasi.
JDPU madaniyat saroyida Ogog‘lik ma’sulliyat barqarorlik asosi mavzusida profilaktik tadbiri tashkil etildi.
Rivojlangan davlatlar boshlang‘ich ta’lim tizimi bo‘yicha qo‘shma onlayn dars o‘tkazildi.
JDPU Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi kafedrasi dotsenti D. Farsaxonova va o‘qituvchi N. Quvonova tomonidan 1-bosqich magistrantlari ishtirokida Turkiyaning Karamanog‘li Mehmetbey universiteti dotsenti Özlem Yılmaz Demirel hamda...