Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
28/10/2024
Chop etish
Biz korrupsiyaga qarshimiz.
Boshlang‘ich ta’lim fakultetida ana shu mavzuda tadbir tashkil etildi.
Talaba yoshlarda korrupsion holatlarga murosasiz munosabatni shakllantirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida soha mutaxassislari ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirni universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi rahbari A.Umrzoqov ochib berdi.

 

Tadbir davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida davlat siyosati va uning ustuvor yo‘nalishlari, jamiyatimizda sodir bo‘layotgan firibgarlik va ki xavfsizlik jinoyatlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Suhbat yakunida talaba yoshlar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob berildi. Talaba yoshlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan profilaktik tadbirda Jizzax viloyat IIB JXX huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D. Karimov hamda Universitet profilaktika inspektorlari ham o‘z fikrlari bilan ishtirok etdilar.

 


Ulashish:
1 199
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.