Yangiliklar
Yangiliklar
|
25/10/2024
Chop etish
“Globallashuv sharoitida kommunikativ tillarni o‘qitish tashabbuslari”
JDPUda bo‘lib o‘tgan anjuman ana shu mavzuga bag‘ishlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024 yil 18 yanvardagi 16-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 4 iyuldagi PQ-200 qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, Jizzax davlat pedagogika universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi tashabbusi bilan “Globallashuv sharoitida kommunikativ tillarni o‘qitish tashabbuslari” mavzusida anjuman o‘tkazildi. Sohada olib borilayotgan ilmiy izlanishlarning dolzarb muammolari, amaliyotda erishilgan yutuqlar va belgilangan vazifalarni globallashuv sharoitida chet tillarni o‘qitishning turli xil yondashuvlarini, bajarish mexanizmlarini, zamonaviy tendensiyalari masalalarini muhokama qilish maqsadida tashkil etilgan Xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiyada bir qator xorijiy mamlakatlardan olimlar ishtirok etishdi.


Ulashish:
682
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod...
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.