Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/10/2024
Chop etish
Matematika va informatika fakulteti volontyor talabalari «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida tashabbusni boshlab berishdi.

Matematika va informatika fakulteti volontyor talabalari shahrimizdagi «Bog‘ishamol» hududida qad rostlayotgan Jizzax davlat pedagogika universitetining yangi binosi atrofiga «Yashil makon» umum milliy loyihasi doirasida daraxt ko‘chatlari ekish mumkin bo‘lgan joylarni aniqlab, begona o‘tlardan tozalash ishlarini boshlab yuborishdi.

Bunday sa’y-harakatlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, xalqimizga xos ezgu fazilatlarni qadrlash, tabiatga bo‘lgan hurmatni yoshlar qalbiga singdirish, yangi barpo etilayotgan universitet hududini ko‘rkam ko‘rinishga keltirishdan iborat.


Ulashish:
676
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda kibergigiyena va axborot xavfsizligi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida kibersavodxonlikni oshirish, axborot xavfsizligini ta’minlash hamda oliygohni «Kiberjinoyatlardan xoli hudud»ga aylantirish maqsadida dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar ishtirokida amaliy yig‘ilish...
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: ta’lim infratuzilmasi bosqichma-bosqich ko‘zdan kechirilmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi 2026/2027-o‘quv yilini munosib kutib olish, talabalar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida universitet fakultetlari, bo‘limlari va tegishli obyektlarida tayyorgarlik holati kompleks...
Mustaqillikning 35-yilligi tantanalari arafasida Bo‘ston shaharchasida JDPU tasarrufidagi 100 o‘rinli MTT foydalanishga topshirildi
Tantanali marosimda Zarbdor tumani hokimligi vakillari, nuroniylar, universitet faxriylari, tegishli soha mas’ullari, professor-o‘qituvchilar hamda universitet rahbariyati ishtirok etdi.