Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

JDPUda King Sejong koreys tili o‘quv markazining rasmiy ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi.

JDPUda Janubiy Koreyaning King Sejong instituti fondi va Kyungwong universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan King Sejong koreys tili o‘quv markazining rasmiy ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. Mehmonlar dastlab universitetda talabalar va o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishish. Talabalar tomonidan tashkil etilgan milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi ko‘rgazmada ishtirok etishdi. Tantanali marosimni Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Sh.Sharipov ochib berdi.   Tadbir tashkilotchilari mehmonlarga bugungi kunda universitet ko‘plab mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari va bu munosabatlarning natijalari xususida ma’lumotlar berishdi. Shundan so‘ng talabalar va ijodiy jamoalarning koreys millatiga mansub urf-odatlar va an’analardan so‘zlovchi sahnalashtirilgan badiiy dastur namoyish etildi. Tadbirda Kyungwoon Universiteti prorektori Dean Joy Ju Young Chun, Ajou universiteti professori Park Sang-Woo va boshqa 20 nafarga yaqin koreys professorlari ishtirok etdi.