Jizzax davlat pedagogika universiteti Rus tili va adabiyoti fakultetida ma’naviyat va ma’rifat soati doirasida o‘tkazilgan tadbirga Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari va «Hududgaz Jizzax» gaz ta’minoti filiali vakillari taklif etildilar.
Suhbat davomida ofatlar xavfini kamaytirish va is gazi bilan zaharlanishning oldini olish choralari muhokama qilindi. Bu masala, ayniqsa, ijarada yashovchi talabalar uchun juda dolzarb ekanligi ta’kidlandi.