Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/10/2024
Chop etish
«Talabalar ligasi» davom etmoqda.
JDPUda kurash musobaqalari o‘tkazildi.

“Polvonlari ko‘p yurt qudratli bo‘lar” deganlaridek bu musobaqa turli fakultetlarda tahsil olayotgan talaba yoshlarni o‘zida birlashtirdi. Bu esa O‘zbekiston polvonlar yurti ekanligi, polvonlik kasb, soha, yosh tanlamasligini ko‘rsatmoqda.

Yoshlarni sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari bo‘yicha yuqori natijalarni ta’minlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish maqsadida o‘tkazilayotgan musobaqalarda universitet talabalari faol ishtirok etishmoqda.

Sportning kurash turi bo‘yicha tashkil etilgan musobaqada 50 dan ziyod yosh polvonlar jami 5 ta vazn toifasida gilamda o‘zaro bellashishdi.


Ulashish:
785
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.