Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/10/2024
Chop etish
Sening tashabbusing – sening kelajaging.
“11-oktyabr – Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan forum ana shunday nomlandi.

Forumni Jizzax davlat pedagogika universiteti rektor maslahatchisi Z.Qosimova ochib berdi. Shundan so‘ng Jizzax viloyat hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi mutaxassisi Umida Murodova tadbirga yig‘ilgan barcha qizlarni muhim sana bilan tabriklab, bugungi kunda viloyatimizda xotin-qizlarga yaratilayotgan sharoitlar xususida so‘z yuritdi.

Tadbirning asosiy qismida so‘zga chiqqanlar ”Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatining ustuvor vazifalari”, “Kelajak ilmli qizlar qo‘lida”, Muvaffaqiyatga erishishda emotsional intellektning o‘rni mavzusida ma’ruzalar qilishdi.

Savol-javob taklif va mulohazalar bilan davom etgan forum Iqtidorli talaba-qizlar taqdimotlari, Interaktiv o‘yinlar hamda psixologik treninglar bilan yakun topdi.Faol qatnashchilar taqdirlandi.


Ulashish:
821
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.