Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/09/2024
Chop etish
Xorijlik mehmonlar munosib kutib olinmoqda.

Jizzax davlat pedagogika universiteti tashkil etilganligining 50 yilligi munosabati bilan universitetda 2024-yil 27-28-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “Ta’limni rivojlantirish strategiyasi: qadriyatlarga asoslangan taraqqiyot” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etadigan xorijlik mehmonlar tashrifi boshlandi.

 

JDPUga  ilk tashrif  Ispaniyalik mehmonlardan bo‘ldi. Xorijlik meg‘monlar munosib tarzda kutib olindi. Barselonadagi Yoxan Kroyff instituti biznes menejeri Roman Pascual JDPU rektori Sh.Sharipov bilan uchrashdi. Muhokamalar davomida   Yoxan Kroyff institut va JDPU o‘rtasida sport turlari hamda kibersport masalasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Ispaniyalik mehmonlar Jismoniy madaniyat fakultetida bo‘lishdi.

Tashrif avvalida mehmonlar fakultetda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi. Shu o‘rinda sportning turli yo‘nalishlarida yutuqlarga erishgan sportchi talabalarimiz haqida ham ma’lumotlar berildi. Shundan so‘ng mehmonlar va talabaalr ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Muloqotdan so‘ng xorijlik mehmonlar talabalarga mahorat darslarnii o‘tib berishdi.

 


Ulashish:
729
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Mustaqillik kubogi” musobaqalari davom etmoqda
25-avgust kuni musobaqa doirasida bir qator jamoalar o‘zaro kuch sinashdi.
“Mustaqillik kubogi”: futbol bahslariga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak...
Rektor texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maksudjon Yuldashev universitetning Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashib, ularning kundalik faoliyati, mavjud vazifalar hamda universitet hududida amalga...