Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/09/2024
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Besh  tashabbus olimpiadasi” doirasidagi ommaviy sport musobaqalariga start berildi.

Joriy yilning 20-sentyabridan 30 sentyabrigacha o‘tkazilishi mo‘ljallagan»Besh tashabbus olimpiadasi”ning fakultet bosqichini universitetning Jismoniy madaniyat fakulteti boshlab berdi.

Sport tadbirining ochilish marosimida talaba yoshlari o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda universitet terma jamoasini shakllantirish xususida so‘z yuritildi.

Shuningdek, “Pedagog” talaba sport klubi tomonidan fakultetlar kesimida guruhlar aro saralash musobaqalari o‘tkazildi. Bugungi «Besh tashabbus olimpiadasi» sport musobaqalarida 550 nafar talaba yoshlar ishtirok etishdi.


Ulashish:
837
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda kibergigiyena va axborot xavfsizligi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida kibersavodxonlikni oshirish, axborot xavfsizligini ta’minlash hamda oliygohni «Kiberjinoyatlardan xoli hudud»ga aylantirish maqsadida dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar ishtirokida amaliy yig‘ilish...
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: ta’lim infratuzilmasi bosqichma-bosqich ko‘zdan kechirilmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi 2026/2027-o‘quv yilini munosib kutib olish, talabalar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida universitet fakultetlari, bo‘limlari va tegishli obyektlarida tayyorgarlik holati kompleks...
Mustaqillikning 35-yilligi tantanalari arafasida Bo‘ston shaharchasida JDPU tasarrufidagi 100 o‘rinli MTT foydalanishga topshirildi
Tantanali marosimda Zarbdor tumani hokimligi vakillari, nuroniylar, universitet faxriylari, tegishli soha mas’ullari, professor-o‘qituvchilar hamda universitet rahbariyati ishtirok etdi.