Yangiliklar
Yangiliklar
|
19/09/2024
Chop etish
JDPUda universitet yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti bosh yetakchiligi uchun saylov bo‘lib o‘tdi.

JDPU yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotiga bosh yetakchi saylandi.

Saylovda Tabiiy fanlar fakulteti talabasi -Xushvaqtova Madina, Maktabgacha ta’lim fakulteti talabasi-Ziyatova Sarvinoz,  Pedagogika va psixologiya fakulteti talabasi-Abdurasulov Xudoyshukur o‘z nomzodlari bilan ishtirok etdi.

Saylovni Jizzax davlat pedagogika universiteti ma’naviy ma’rifiy va yoshlar ishlari bo‘yicha prorektori S.Nazarqosimov ochib berdi.

Jarayonda Jizzax viloyati Yoshlar Ittifoqi raisi M.Rahmonberdiyev ham so‘zga chiqdi va nomzodlarga omad tiladi. Saylovda guruh yetakchilari o‘z ovozlarini berishdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra Tabiiy fanlar fakulteti talabasi Xushvaqtova Madina Ulug‘bek qizi JDPU bosh yetakchisi etib saylandi.


Ulashish:
1 172
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda kibergigiyena va axborot xavfsizligi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida kibersavodxonlikni oshirish, axborot xavfsizligini ta’minlash hamda oliygohni «Kiberjinoyatlardan xoli hudud»ga aylantirish maqsadida dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar ishtirokida amaliy yig‘ilish...
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: ta’lim infratuzilmasi bosqichma-bosqich ko‘zdan kechirilmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi 2026/2027-o‘quv yilini munosib kutib olish, talabalar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida universitet fakultetlari, bo‘limlari va tegishli obyektlarida tayyorgarlik holati kompleks...
Mustaqillikning 35-yilligi tantanalari arafasida Bo‘ston shaharchasida JDPU tasarrufidagi 100 o‘rinli MTT foydalanishga topshirildi
Tantanali marosimda Zarbdor tumani hokimligi vakillari, nuroniylar, universitet faxriylari, tegishli soha mas’ullari, professor-o‘qituvchilar hamda universitet rahbariyati ishtirok etdi.