Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/09/2024
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti 50 yoshda.

Matematika va informatika fakultetida JDPU 50 yilligi tantanalari munosabati bilan “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.

Uchrashuvga matematika va informatika fakultetida faoliyat yuritgan, nafaqadagi faxriy ustozlar, professor-o‘qituvchilar hamda viloyatimizning turli sohalarida faoliyat yuritayotgan soha vakillari va talaba yoshlar taklif etildi.

“Uch avlod uchrashuvi ”da keksa avlod vakillari o‘zlarining hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat nuroniylik paytida ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida o‘z dil so‘zlarini, samimiy fikrlarini bildirdi.

Tadbir davomida fakultet talabalari tomonidan tayyorlangan badiiy va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.


Ulashish:
948
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.