Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/09/2024
Chop etish
JDPUda Buyuk Britaniyaning Portsmud universiteti bilan hamkorlikda xalqaro konferensiya o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi hamda Buyuk Britaniyaning nufuzli Portsmud universiteti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada ikki universitet o‘rtasidagi akademik va ilmiy hamkorlik masalalari, ta’lim va ilmiy tadqiqot sohalarida innovatsiyalar va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi.

Konferensiyada ta’lim sifatini oshirish, pedagoglar va talabalar o‘rtasidagi tajriba almashinuvi, shuningdek, ikki universitet o‘rtasida ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘llari haqida ma’ruzalar qilindi. Shuningdek, Portsmud universiteti professorlari tomonidan ma’ruzalar va seminarlar tashkil etildi, ularda ilm-fan va ta’lim sohasidagi zamonaviy yondashuvlar va metodologiyalar keng yoritildi.

Konferensiyada Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri A.Jabborova, Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi dotsenti G.G‘aniyeva, tayanch doktorant E.Ortiqovalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Bu xalqaro tadbir Jizzax davlat pedagogika universiteti va Portsmud universiteti o‘rtasidagi ilmiy-ijodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, shuningdek, talabalarning zamonaviy ta’lim va ilmiy tadqiqotlarda ishtirokini kengaytirish maqsadida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.


Ulashish:
803
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.