Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
14/08/2024
Chop etish
Jizzax viloyati IIB JXX JTSBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi o‘tkazildi.

Unda Jizzax davlat pedagogika universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplaens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi Bosh mutaxassisi:

Bosimov Doston Olim o‘g‘li «Manfaatlar to‘qnashuvi -taraqqiyot kushandasi» mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruza davomida, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi haqida tushunchalar berib,  ushbu  huquqbuzarliklar, illatlar har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazib, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib kelishini, shu bois korrupsiyaga qarshi kurash, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik  xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olganligini, korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bir qancha qonun, qaror va vazirlikning buyruqlari qabul qilinganligini, ish faoliyatida korrupsiyaviy holat va manfaatlar to‘qnashuvi haqida xabardor bo‘lganda birinchi navbatda o‘zi ishlab turgan davlat organi, muassasa, tashkilot boshlig‘ini xabardor qilish kerakligini yoki maxsus bo‘linmalarga xabar berish kerakligi haqida aytib o‘tildi.


Ulashish:
1 273
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash davom etmoqda
Unda talabgorlar bilan “Davlat tili” (o‘zbek tili) fani bo‘yicha suhbat tashkil etildi.
NOMDOR DAVLAT STIPENDIYALARIGA NOMZODLARNI SARALASH JARAYONI DAVOM ETMOQDA
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi hamda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralashning universitet bosqichi davom etmoqda.
Davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A. Jabbarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv...