Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

«Korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi»

JDPUda ana shu mavzuda seminar tashkil etildi.

2024 yil 17 iyul kuni Universitetning bo‘lim boshliqlari, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar, professor-o‘qituvchilar va xodimlari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Kompleans nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Umrzoqov so‘zga chiqib, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi haqida tushunchalar berdi.

Ta’kidlash joiz ushbu huquqbuzarliklar, illatlar har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazib, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib kelishi mumkinligi qayd etidi.

Shu bois korrupsiyaga qarshi kurash, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olganligini, korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bir qancha qonun, qaror va vazirlikning buyruqlari qabul qilinganligini, ushbu me’yoriy-huquqiy hujjatlarni barcha universitet xodimlari tomonidan yana bir bor o‘qib tanishib chiqishini, ish faoliyatida korrupsiyaviy holat va manfaatlar to‘qnashuvi haqida xabardor bo‘lganda birinchi navbatda o‘zi ishlab turgan muassasa boshlig‘ini xabardor qilish kerakligini yoki huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berish kerakligi haqida aytib o‘tildi.