Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/07/2024
Chop etish
JDPUda bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi o‘tkazildi.

2023/2024 o‘quv yilida Jizzax davlat pedagogika universitetini 4287 nafar yoshlar tugatyapti. Ularning 49 nafarini magistrlar tashkil etadi.

Tabriklar, Gullar, hayajonli lahzalar bugun JDPU binosiga diplomlarini olish uchun kelgan yigit-qizlarning yuzlaridagi quvonch va hayajonni sezish qiyin emas. Har qanday talaba uchun uzoq kutilgan baxtning lahzalari, uzoq muddatli ta’lim va mehnatning natijasi. Bu yutuq va mamnuniyat tuyg‘uni so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi…

Universitet rektori Sh.Sharipov bitiruvchilarni va ularning ota-onalarini ushbu unutilmas kun bilan qutlab, barcha bitiruvchilarga o‘z sohalarida yetuk mutaxassis bo‘lishlarini, barcha maqsadlar va orzulariga yetishlarini tiladi.

Tantanali diplom topshirish marosimi so‘ngida bitiruvchilar ham so‘zga chiqib ustozlarga o‘z tashakkurini bildirishdi.


Ulashish:
981
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.