Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/03/2024
Chop etish
JDPUda “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun mohiyatiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi O‘RQ-901-son Qonuni mazmun mohiyatini tushuntirish maqsadida tashkil etilgan seminarda oliygoh professor-o‘qituvchilari hamda ishchi-xodimlar ishtirok etishdi.

➖O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2024-eil 1 fevral kuni 21 moddadan iborat «Pedagogning maqomi to‘g‘risida»gi Qonunni imzoladi.➖Mazkur Qonun bilan Pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, faoliyatining asosiy kafolatlari, mehnatiga yarasha haq to‘lash, rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish tamoyillari belgilandi.

➖Hujjatda pedagogning huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘lishi qat’iy belgilab qo‘yildi. Seminarda so‘zga chiqqanlar ana shu haqda so‘z yuritishdi. Seminar so‘ngida Tari fakulteti dekani F.Akchayevning mavzu doirasida tayyorlagan taqdimoti namoyish etildi.


Ulashish:
680
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU delegatsiyasi AQShning Georgia TESOL tashkiloti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori M.Yuldashev boshchiligidagi delegatsiyaning Amerika Qo‘shma Shtatlariga amalga oshirayotgan xizmat safari doirasida Georgia shtatining Savannah shahrida joylashgan Georgia Southern Universityda GATESOL...
Jizzax davlat pedagogika universiteti vakillari respublika konferensiyasida faol ishtirok etmoqda
26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan, respublika miqyosida “Giyohvandlikka qarshi kurashda yoshlar tashabbusi: sog‘lom jamiyat – barqaror kelajak garovi!” mavzusidagi videokonferensiya bo‘lib...