Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

“Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ta’lim tizimi”

JDPUda bo‘lib o‘tgan uchrashuv ana shunday nomlandi.

Uchrashuvda Koreyaning Tegu universiteti vakillari ishtirok etishdi. Dastlab mehmonlar universitet rektori huzurida bo‘lishdi. Suhbat chog‘ida hamkorlik doirasida amalga oshiriladigan ishlar, rejalar va takliflar xususida fikr bildirishdi.

 

Shundan so‘ng mehmonlar Maktabgacha ta’lim fakulteti, Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasida tomonidan tashkil etilgan davra suhbatida ishtirok etishdi.

Talaba yoshlar professor-o‘qituvchilar ishtirokida bo‘lib o‘tgan davra suhbati savol-javoblar asosida qiziqarli tarzda o‘tkazildi. Tadbirda  professor Lee Seoug Hee Tegu universiteti hamkorlik  bo‘limi boshlig‘i ishtirok etdi.