Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/04/2024
Chop etish
«Mutolaa» loyihasi taqdimoti asosida «Qo‘rqma» filmi namoyish etildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida davlatimiz rahbarining «Yoshlar uchun ming kitob loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida»gi qarori asosida «Mutolaa» loyihasi doirasida Javlon Jovliyevning “Qo‘rqma” asari asosida suratga olingan “Qo‘rqma” nomli film premyerasi namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Dastlab, ishtirokchilar e’tiboriga yosh iste’dod sohibi Javlon Jovliyev tomonidan yangi davrning yangi va dardchil, yangicha uslubda va o‘ziga xos yangi ohang bilan yozilgan «Qo‘rqma» asari qahramonlarining taqdiri va hayot yo‘li aks etgan qisqa metrajli kinofilm havola etildi.

Shuningdek, «Mutolaa» loyihasi haqida universitet prorektori S.Nazarqosimov tomonidan ushbu loyihadan ko‘zlangan maqsad haqida ma’lumot berildi.Tadbirda talaba-yoshlar “Mutolaa” loyihasining taqdimoti va loyihaning mazmun-mohiyati hamda “Qo‘rqma” filmining premyerasini jonli kuzatishdi.

Namoyish etilgan qisqametrajli film o‘quvchilar ko‘nglidan joy olib, namoyish so‘nggida o‘z fikr-mulohazalari hamda takliflarini bildirdi.


Ulashish:
1 562
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.
Talabalar oqshomi: iste’dod va yoshlik taronasi
Jizzax davlat pedagogika universitetining 5-sonli talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar tashabbusi bilan “Talabalar oqshomi” konsert dasturi tashkil etildi.