Yangiliklar
Yangiliklar
|
25/04/2024
Chop etish
Adiblar ishtirokida «Gulxan atrofida» adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Talabalar turar joyida “Ma’rifat ulashib” loyihasi mehmonlari, yozuvchi va shoirlar ishtirokida adabiy kecha tashkil etildi. Adabiy kechani universitet prorektori S.Nazarqosimov ochib berdi. Gulxan atrofida yig‘ilgan talab yoshlar  shoir va tarjimon Asror Mo‘min,  Shodi Otamurod, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi mas’ul xodimi Nilufar Allamurodovalar ijodidan bahramand bo‘lishdi. .

Talabalar turar joyida yoshlar bilan “Gulxan atrofi”da tashkil qilingan ma’naviy kecha qizg‘in bahs-munozara bilan davom etdi. Turli viktorina va mushoiralarda g‘olib bo‘lgan talaba yoshlar tashkilotchilar tomonidan taqdirlanishdi.Ma’naviy kechaga talabalar tomonidan tayyorlangan musiqiy dastur yakun yasadi.


Ulashish:
1 019
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU delegatsiyasi AQShning Georgia TESOL tashkiloti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori M.Yuldashev boshchiligidagi delegatsiyaning Amerika Qo‘shma Shtatlariga amalga oshirayotgan xizmat safari doirasida Georgia shtatining Savannah shahrida joylashgan Georgia Southern Universityda GATESOL...
Jizzax davlat pedagogika universiteti vakillari respublika konferensiyasida faol ishtirok etmoqda
26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan, respublika miqyosida “Giyohvandlikka qarshi kurashda yoshlar tashabbusi: sog‘lom jamiyat – barqaror kelajak garovi!” mavzusidagi videokonferensiya bo‘lib...