Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/04/2024
Chop etish
Anjuman xorijiy hamda yurtimizning yetakchi olimlari ishtirokida o‘tdi.

Jizzax Davlat pedagogika universitetida Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasida “Boshlang‘ich ta’limning zamonaviy tendensiyalari: ta’lim va tarbiya jarayonida yangi avlod darsliklari “4k”(kritik fikrlash, kreativlik, kollaboratsiya, kommunikatsiya) modeli, muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro  ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. Konferensiyada respublikamiz va xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan yetakchi professor-o‘qituvchilar, mustaqil izlanuvchilar, o‘qituvchilar, magistr va talabalar tezis va maqolalar bilan ishtirok etishdi.

Konferensiyani Universitet rektori professor Sh.S.Sharipov ochib berdi. U o‘z so‘zida konferensiya mavzusi bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Anjuman onlayn va oflayn shaklida o‘tkazilib unda xorijiy va yurtimizning bir qator yetakchi olimlar o‘z chiqishlari bilan ishtirok etishdi.


Ulashish:
1 037
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.