Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
|
16/02/2019
Chop etish
Hamkorlikdagi loyiha

Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat pedagogika institutida Tula davlat pedagogika universiteti (Rossiya Federatsiyasi) adminstratsiyasi  vakillari ishtirokida L. N. Tolstoy nomidagi Tula davlat pedagogika universiteti professor o‘qituvchilari tomonidan masofaviy onlayn dars mashg‘ulotlari o‘tkazishni muhokama qilishga bag‘ishlangan qo‘shma onlayn  vebinar o‘tkazildi.  Bu haqda Jizzax davlat pedagogika instituti matbuot kotibi xabar qiladi.

Video onlayn yig‘ilishda Jizzax davlat pedagogika instituti rektori, xorijiy tillar fakulteti dekani A. E. Mamatov, rus tili va adabiyoti o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchilari hamda Tula davlat pedagogika universiteti o‘quv ishlari  prorektor S. V. Karyushkina , ta’lim va halqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektor J. Ye. Fomicheva hamda halqaro ta’lim departament direktori B. V.Cherenkovalar ishtirok etishdi.

Jizzax Davlat pedagogika instituti rektori A. J. Xolbekov mazkur o‘tkazilayotgan onlayn video konferensiya  birinchi O‘zbekiston – Rossiya ta’lim forumining “Yangi kadrlar – yangi iqtisod uchun” shiori ostida amalga oshirilayotgan loyihasi doirasida ikki oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro ishonchli va dastlabki bosqichi bo‘lganligini e’tirof etishib,  oliygohlar o‘rtasida halqaro hamkorlikni yanada kengayishiga ishonch bildirdi. Video muloqotda  tomonlar o‘rtasida imzolangan kelishuv doirasida bir qator ilmiy va ta’lim yo‘nalishida  o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan chora tadbirlar o‘tkazish belgilab olindi. Tomonlar o‘zaro bir birlariga ishonch bildirib, yaqin kunlar ichida o‘tkaziladigan onlayn dars mashg‘ulotlari ikki oliygohning keng qamrovli va salohiyatli hamkorligini rivojlanishiga muhim poydevor yaratishini ta’kidladilar.


Ulashish:
2 183
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...