Yangiliklar
Yangiliklar
|
27/03/2024
Chop etish
JDPU Navro‘z bayramini nishonlamoqda.

JDPUda tabiatning uyg‘onishi va yangi yil boshlanishini o‘zida ifoda etgan Navro‘z bayrami keng nishonlanmoqda.

Bugun anvoyi gullar, rango-rang chechaklar va turfa bayroqchalar bilan bezatilgan”Professorlar bog‘i”ning fayzi o‘zgacha.Dastlab universitet rektori Sh.Sharipov boshchiligidagi mehmonlar sport maydonchalaridagi  kurash, arqon tortish kabi milliy o‘yinlar va sport musobaqalarini tomosha qilishdi. Turli millat urf-odatlari milliy an’analarimiz bilan bezatilgan ko‘rgazmali chiqishlar ham mehmonlar nazaridan chetda qolmadi.

Navro‘z tantanalarini universitet rektori Sh.Sharipov bayram tabrigi bilan ochib berdi. U o‘z so‘zida yurtimizda olib borilayotgan bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari, erishilgan yutuqlar haqida gapirib o‘tdi. “Professorlar bog‘i” markazining asosiy maydonida oliygoh talabalari, professor -o‘qituvchilar jamuljam bo‘lishdi. Jarchilarning chaqiriqlari, milliy kuy-qo‘shiqlar, maqom jilosi ko‘kka bo‘y cho‘zdi. Dillarni yayratuvchi navolar nashidasi Navro‘z va Bahoroyning baxt-u shodlik,  haqidagi qasidalari yetti mahallaga eshitildi. Navro‘z taomi sumalak barchaga ulashildi, Do‘st, qardoshlik, do‘stlik bugungi bayramda yana bir bor o‘z aksini topdi.

Boshlang‘ich ta’lim, O‘zbek tili va adabiyoti, Pedagogika va psixologiya? Rus tili va adabiyoti Xorijiy tillar  fakulteti jamoalari barcha noz-ne’matlar bilan o‘zbekona dasturxon bezadilar. Universitetning faol ayollari milliy raqslarimiz, folklor, lapar va musiqiy ijrochilikda, ayniqsa, urf-odatlarimiz namoyishida mohirlik qildilar.

Tarix, Matematika va informatika, Fizika va texnologik ta’lim, Tabiiy fanlar fakulteti o‘qituvchi va talabalarining zukko va bilimlari innovatsion ishlanmalar, ilmiy izlanishlar, erishgan yutuqlarida, ko‘rgazma namoyishlarida o‘z ifodasini topdi. Talabalar tomonidan ijro etilgan sho‘x taronalarda barcha yayradi.

 

Bir so‘z bilan aytganda, Jizzax davlat pedagogika universiteti bugun o‘zgacha nurafshonlikka chulg‘andi. Bayramga taklif etilgan faxriylar, ustozlar bir-birlarini ulug‘, milliy bayram bilan qutlashdi, ezgu tilaklar bildirishdi. «Qadaming qutlug‘ kelsin, Navro‘z», deya niyat qilishdi.


Ulashish:
2 121
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.