Yangiliklar
Yangiliklar
|
25/03/2024
Chop etish
«Yer sharini asraylik» mavzusida tadbir tashkil etildi.

Yer sayyorasi vujudga kelganiga qariyb to‘rt yarim milliard yil bo‘lgan. Uning 29 foizdan ortiqrog‘i quruqlikka, qolgan qismi esa dengiz va okeanlarga to‘g‘ri keladi. Ishlov beriladigan maydonlar esa bor-yo‘g‘i 11 foizni tashkil qilishiga qaramasdan, insonlar uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining 88 foizini yetishtirib beradi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya va IBA kafedrasi -“YER KUNI” munosabati bilan “Yer sharini asraylik” mavzusida tashkil etilgan tadbirda  ana shu jihatlarga e’tibor qaratildi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar, sayyoramiz yagonaligini his etish, barcha kuchlarni dunyoda xavfsizlikni ta’minlash, xalqaro tinchlikni saqlash va barcha insonlarning yagona uyi hisoblangan Yerni himoya qilishga chorlashdi.

Tadbir so‘ngida “Yer sharini asraylik” mavzusida  rasmlar tanlovi ham o‘tkazildi. Faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan e’tirof etildi.


Ulashish:
1 251
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.