Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/03/2024
Chop etish
Why IELTS? mavzusidagi yoshlarga oid uchrashuv.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Xorijiy tillar fakulteti, Ingliz tili nazariyasi va amaliyot kafedrasi tashabbusi bilan 4-bosqich talabalarini xorijiy til sertifikatini olishda qo‘llab-quvvatlash va ularda yuzaga keladigan qiyinchiliklarni bartaraf qilishga amaliy yordam berish maqsadida Jizzax viloyatida IELTS 9.0 natijani qo‘lga kiritgan ikkita nomzoddan biri bo‘lgan Fazliddin G‘iyosov taklif etildi.

U talabalarga o‘zining  tajriba va bilimini ulashgan holda WHY IELTS? mavzusida ma’ruza va mahorat darslarini o‘tib berdi. Mahorat darslari davomida talabalarni qiziqtirgan turli masalalarda muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, chet tili sertifikatini qo‘lga kiritish uchun muhim bo‘lgan asosiy strategiyalar haqida kerakli ma’lumotlar berib o‘tildi.


Ulashish:
1 132
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.