Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/03/2024
Chop etish
JDPU talaba yoshlari bilan muloqot tashkil eildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida  O‘zLiDeP Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti “Yoshlar qanoti” guruhi tomonidan talaba yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Ochiq muloqot davomida, partiya xodimlari va deputatlar “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, unda yetakchi siyosiy kuch – O‘zLiDeP  faollarining ishtiroki haqida batafsil ma’lumot berib o‘tishdi.

So‘ngra ta’lim sohasidagi o‘zgarish va yangiliklar, jumladan, bitiruvchilar bandligini ta’minlash borasidagi yutuq va kamchiliklar atroflicha muhokama qilindi.

   Ochiq muloqot davomida partiya faollari va deputatlar talaba yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob berib o‘tdilar.

Tadbirda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Otabek Sobitov,  viloyat  hududiy partiya tashkiloti raisining birinchi o‘rinbosari – apparat rahbari Sherzod Mamatqulovlar ishtirok etishdi.


Ulashish:
948
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU delegatsiyasi AQShning Georgia TESOL tashkiloti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori M.Yuldashev boshchiligidagi delegatsiyaning Amerika Qo‘shma Shtatlariga amalga oshirayotgan xizmat safari doirasida Georgia shtatining Savannah shahrida joylashgan Georgia Southern Universityda GATESOL...
Jizzax davlat pedagogika universiteti vakillari respublika konferensiyasida faol ishtirok etmoqda
26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan, respublika miqyosida “Giyohvandlikka qarshi kurashda yoshlar tashabbusi: sog‘lom jamiyat – barqaror kelajak garovi!” mavzusidagi videokonferensiya bo‘lib...