Yangiliklar
Yangiliklar
|
04/03/2024
Chop etish
Pedagogika va psixologiya fakultetida ota-onalar yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishni Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘lim boshlig‘i A.Umurzoqov kirish so‘zi bilan ochdi va ta’lim-tarbiya olayotgan talaba-yoshlarning odob-axloqi va darslarni o‘zlashtirishi borasida to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari B.Rasulov ta’lim-tarbiya jarayonida ota-onalar va universitet hamkorligidagi ishlar yo‘lga qo‘yilganligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, yig‘ilishda kafedra mudiri, professor-o‘qituvchilari va tyutorlar talabalarga universitet rahbariyati tomonidan yaratilgan barcha shart-sharoitlaridan unumli foydalanishlarini tushuntirib o‘tishdi.

Yig‘ilishda ota-onalar o‘z fikr mulohazalarini bildirishdi. Yig‘ilish so‘nggida iqtidorli faol talabalar tomonidan ”Bahor sevinchi” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.Tadbir barcha ota-onalar uchun juda manzur bo‘ldi.


Ulashish:
1 168
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU delegatsiyasi AQShning Georgia TESOL tashkiloti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori M.Yuldashev boshchiligidagi delegatsiyaning Amerika Qo‘shma Shtatlariga amalga oshirayotgan xizmat safari doirasida Georgia shtatining Savannah shahrida joylashgan Georgia Southern Universityda GATESOL...
Jizzax davlat pedagogika universiteti vakillari respublika konferensiyasida faol ishtirok etmoqda
26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan, respublika miqyosida “Giyohvandlikka qarshi kurashda yoshlar tashabbusi: sog‘lom jamiyat – barqaror kelajak garovi!” mavzusidagi videokonferensiya bo‘lib...