Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
24/02/2024
Chop etish
«Korrupsiya – jamiyat taraqqiyoti kushandasi» mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax viloyati Adliya bo‘limi xodimlari ishtirokida universitetning professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan «Korrupsiya – jamiyat taraqqiyoti kushandasi» mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda Adliya bo‘limi xodimlari va mas’ullar so‘zga chiqib, korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi – davlatni tashkil qilishning doimiy masalalaridan biri ekanligi, korrupsiyani bir yoki ikki idoraning sa’y-harakati bilan yo‘q qilib bo‘lmasligi, qachonki barcha fuqarolarimiz, jamiyat unga qarshi birgalikda kurashib, uning ildizlarini yo‘q qilishga kirishsagina ijobiy natijaga erishishi mumkinligini bildirdi.

Shuningdek, ta’lim-tarbiya tizimi va imkoniyatlari sezilarli darajada kengaytirilganligi, ilk marotaba ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim va tarbiya tashkil etilishi, oliy ta’lim tashkilotlariga akademik erkinlik berilishi, tanlov asosida davlat hisobidan bepul oliy ma’lumot olish imkoniyati berilishi, nodavlat ta’lim tashkilotlari qo‘llab-quvvatlanishi hamda eng muhimi, o‘qituvchilarimiz sha’ni va qadr-qimmati himoya qilinishi belgilanayotganligi va shu asnoda korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashishlik lozimligi hamda mazkur toifadagi jinoyatlarni ko‘rish amaliyoti va jazo turlari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari talabalar yakuniy nazorat imtihonlarini topshirish jarayonlarida professor-o‘qituvchilarni tamagirlik holatlariga va manfaatlar to‘qnashuviga undamaslik, yakuniy nazorat imtihonlarda o‘z bilimlariga tayangan holda baholarni olishlarini, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilganda qonunda belgilangan tartibda ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka doir choralar ko‘rilishi to‘g‘risida tushunchalar berildi.


Ulashish:
1 389
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Mening raqamli huquqlarim” mavzusida ochiq muloqot
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalarning raqamli muhitdagi huquq va majburiyatlari, internetdan xavfsiz va mas’uliyatli foydalanish bo‘yicha huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida “Mening raqamli huquqlarim” mavzusida ochiq...
“O‘zbekiston yoshlar nigohida” rasmlar tanlovi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” shiori ostida “O‘zbekiston yoshlar nigohida” rasmlar tanlovi o‘tkazildi.
«Dynamical Days Jizzakh 2026»:mahorat darslari davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Dynamical Days Jizzakh 2026» xalqaro yozgi maktabi doirasida dinamik sistemalar, ergodik nazariya va matematik fizikaning zamonaviy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ma’ruza va amaliy...