Yangiliklar
Yangiliklar
|
22/02/2024
Chop etish
JDPU professor-o‘qituvchilari uchun “Grant yutish strategiyalari” nomli ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘z faoliyatini olib borayotgan ingliz tili o‘qituvchisi assistenti Holli Makferleyn va Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi katta o‘qituvchisi D.Bahriddinovalar tomonidan “Grant yutish strategiyalari” nomli amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarni ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor G.Qodirov ochib berdi. So‘ngra AQSH elchixonasining Fulbrayt almashinuv bo‘yicha ingliz tili o‘qituvchisi assistenti Holli Makferleyn “Grant Arizalarini Yozish Uchun Foydali Maslahatlar” yuzasidan taqdimot qildi.

Seminar D.Bahriddinovaning «Grant arizalarining bosqichlari va undagi eng e’tiborli jihatlari» nomli taqdimoti bilan davom ettirildi. Shuningdek, seminar davomida ERASMUS loyihasi doirasidagi grant turlari haqida ma’lumot berilib, 2024 yilgi arizalar e’loni uchun ERASMUSning Jean Monnet dasturiga qay tarzda tayyorgarlik ko‘rish kerakligi ta’kidlab o‘tildi.

Ishtirok etgan barcha kafedra a’zolariga ushbu o‘quv yilida bosqichma-bosqich Jean Monnetning «Modul» grant dasturiga ariza topshirish uchun tayyorgarlik ko‘rish so‘raldi. Seminar davomida professor-o‘qituvchilarga o‘z yo‘nalishida doirasidagi g‘oyalariga mos bo‘lgan grantlar qidirish haqida amaliy mashg‘ulot ham o‘tkazildi. Seminar savol-javoblarga boy tarzda qiziqarli o‘tdi.


Ulashish:
1 078
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.